TIL – MILLAT KO‘ZGUSI

0
119
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga 32 yil to‘lishi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 14-sentabrdagi “Ta’lim muassasalarida 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami kuni” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq 2021-yil 15-oktabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida Elektronika va avtomatika fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan “Til – millat ko‘zgusi” rukni ostida “Diktantlar tanlovi” o‘tkazildi. Tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan 86 nafar talaba ishtirok etib, o‘zbek tili bo‘yicha yozma savodxonliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Tanlov natijalariga ko‘ra eng yaxshi diktant yozgan 3 nafar talaba g‘olib deb topildi. Faxrli o‘rinlarni egallagan talabalarga 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.