TA’LIM SOHASIDAGI KORRUPSIYAGA OID JINOYATLARNI OLDINI OLISH

0
110
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yilning 12 oktyabr kuni TDTUning Elektr energetikasi va Issiqlik energetikasi fakultetlarining 1 kurs guruh sardorlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda TDTU “Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi boshlig‘i Kayumov N.Z. va bosh mutaxassisi Abduraxmanov V.V. qatnashdilar.

Yig‘ilishning kun tartibidagi “Ta’lim sohasidagi korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish” masalasi bo‘yicha TDTU “Komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi boshlig‘i Kayumov N.Z.ga so‘zga chiqdi. Kayumov N.Z. o‘z navbatida TDTUda  tashkil etilgan Bo‘limning va uning qoshida Talaba-yoshlar klubining maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari tug‘risida to‘xtalib, mazkur tizim korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularni minimum darajaga tushirishga xizmati haqida, talaba-yoshlarining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni va korrupsiyaga qarshi ijtimoiy-psixologik immunitetni shakllantirish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Yig‘ilish davomida guruh sardorlari yig‘ilishda faol qatnashib savollar bilan murojaat qilishdi. Talaba-yoshlar klubiga a’zosi qanday talablarga javob berish haqida so‘rab, a’zo bo‘lishlikka 18 nafar vatanparvar, jonkuyar talabalar o‘z istaklarini bildirdilar.

Yigilishdan fotolavxalar.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.