14-oktyabrdan boshlab tabaqalashtirilgan toʻlov- kontrakt shartnomalarini berish boshlandi

0
512
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining  2021/2022 oʻquv yili qabulida bakavlar yoʻnalishlarining kunduzgi, sirtqi va kechgi  taʼlim shakllari hamda  xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan  oʻqishini koʻchirishda, kirish imtixonlari natigalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizigʻi chegarasigacha 4,05 ballgacha toʻplay olmagan  qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirib t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga  t-kontrakt.edu.uz  axborot tizimi orqali tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt shartnomalarini  yuklab olish imkoniyati yaratildi.

Bakavlar yoʻnalishlarining kunduzgi, sirtqi va kechgi  taʼlim shakllari boʻyicha kirish imtixonlari natigalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizigʻi chegarasigacha 4,05 ballgacha toʻplay olmasdan qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirib t-kontrakt.edu.uz  axborot tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtmasdan  universitetga yozma ravishda ariza toshirganlar hamda t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtib shartnomani yuklay olmayotganlar ham tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt shartnomalarini universitet fakultetlaridan kelib olishlari mumkin (murojaat uchun tel: 99-560-69-69).

Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan  oʻqishini koʻchirishda kirish imtixonlari natigalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish chizigʻi chegarasigacha 4,05 ballgacha toʻplay olmasdan qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirib t-kontrakt.edu.uz  axborot tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtmasdan  universitetga yozma ravishda ariza toshirganlar hamda t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtib shartnomani yuklay olmayotganlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt shartnomalarini universitet bosh binosining 205-xonasidan kelib olishlari mumkin (murojaat uchun tel: 93-221-43-00).

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.