“Abdulla Qodiriy” hujjatli filmi premyera qilindi

0
159
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Kecha Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va Cinerama entertainment studiyasi bilan hamkorlikda suratga olingan “Abdulla Qodiriy” hujjatli filmi premyera qilindi.

Avval adib haykaliga gulchambar qo‘yildi. So‘ng, kinozalda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari va universitet talabalari ishtirokida badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor M.Atamuratov, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Nematov, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi jamoasi, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, fakultet Yoshlar yetakchilari hamda 200 nafar universitet talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

“Abdulla Qodiriy” hujjatli filmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida yaratilgan.

Stsenariy mualliflari Farrux Jabborov, Iqbol Qo‘shshayeva va Umid Xamdamov, postanovkachi rejissyor Umid Hamdamov, operatorlar Jahongir Ibragimov, Jahongir Abdurahmonov, ikkinchi rejissyor Shahnoza Sirojiddinova, prodyuser Anvar Madraimov, postanovkachi rassom va liboschi Anastasiya Suщuk, grimyor Galina Ivanova.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.