Biznes boshlashdagi muammolar va yechimlar

0
254
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular bilan amaliy integrasiyani kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish va samarali rivojlantirish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

TADBIRKORLIKNI JADAL VA YANADA KENG RIVOJLANTIRISH UCHUN BARCHA SHAROITLARNI YARATISH — ENG MUHIM VAZIFAMIZDIR shiori asosida 05 oktyabr 2021yil Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi «O‘zbekiston-Yaponiya yoshlarining innovasion markazi”ning majlislar zalida respublikamizning taniqli ishbilarmon tadbirkori “M-Faktor” loyihasi asoschisi Xusan Mamasaidov ishtirokida “Biznes boshlashdagi muammolar va yechimlar” mavzusida talabalarga biznes-treningi tashkillashtirildi.
Xusan Mamasaidov bugungi kunda tadbirkorlarni MFaktor loyihasiga taklif etib yosh tadbirkorlaga biznes boshlashdagi qanday qiyinchiliklarga duch kelish mumkinligi, biznesda qo‘llaniladigan vositalar, oilaviy biznesda manfaatlar muvozanatini saqlash, asosiy ustuvorliklarni belgilash va ularni amalga oshirish maqsadida, o‘z ishlarini samarali rejalashtirish bo‘yicha amaliy maslahatlar berdilar va talabalar qiziqtirgan savollarga to‘liq javob berib o‘tdilar.
Tadbirda Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Q.Nematov, Muxandislik texnologiyalari fakulteti dekani N.N.Maxmudov, “Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti” kafedrasi mudiri Maxkamova.M.A kafedra professor o‘qituvchilari Allayeva G.B., Yusupxodjayeva G.B.,Soatov F., va kafedra jamoasi “Menejment”, “Iqtisodiyot”, “Korporativ boshqaruv yo‘nalishidagi talaba yoshlari qatnashashdi. Tadbir sermazmun va qiziqarli o‘tkazildi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.