Ustozlar Sizlarga ta’zim

0
119
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yil 29 sentyabr kuni TDTU 63-talaba qizlar turar joyida “1 oktyabr – Ustoz-murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan “Ustozlar Sizlarga ta’zim” nomli ma’naviy-ma’rifiy, badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda TDTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori M.U. Atamuratov,TDTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi T.S. Muxtarova, Toshkent davlat transport universiteti Talabalar turar joyi direktori J.Xidirov, Toshkent davlat transport universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi S.Tulaganova, TDTU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.M.Sultonova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi TDTU kengashi raisi Sh.S. Suyarov, professor-o‘qituvchilar va 100 nafardan ortiq Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent davlat transport universitetlari talaba qizlari ishtirok etdilar. TDTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori M.U. Atamuratov,TDTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi T.S. Muxtarova, Toshkent davlat transport universiteti Talabalar turar joyi direktori J. Xidirov, Toshkent davlat transport universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi S. Tulaganovalar barcha profesor-o‘qituvchilar va talaba qizlarni “Ustoz-murabbiylar kuni” bilan samimiy tabrikladilar, ularning o‘qish va ishlariga omadlar tiladilar. Tadbir davomida ikkala universitetlar talaba qizlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi va ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar tinglandi. Tadbir sermazmun o‘tkazildi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.