“Al Mar Consulting” MCHJ tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi.

0
120
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yil 4 oktyabr kuni TDTU xuzuridagi «O‘zbekiston-Yaponiya yoshlarining innovasion markazi”ning majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro rivojlantirish Assosiasiyasi ishtirokidagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash” loyihasi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi topshirig‘i asosida Jaxon banki kredit mablag‘lari hisobidan “Al Mar Consulting” MCHJ tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi.
TDTU Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘limi tashkilotchiligida zamonaviy inter-faol uslublar asosida o‘tkazilgan seminar-treningda ixtisoslik kafedralarining 50 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
“Al Mar Consulting” MCHJda o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqotlar natijalari va ishlab chiqilgan mexanizmlar va tavsiyalarga asosan seminar-trening quyidagi masalalar yechimiga qaratildi:

  • texnik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ta’limni qo‘llab-quvvatlash;
  • sanoat korxonalari va oliy ta’lim muassasalari orasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish;
  • oliy ta’lim olish imkoniyatlarini (ayniqsa ayollar uchun) kengaytirishning eng maqbul variantlarini aniqlash.
    Tadbir yakunida “Al Mar Consulting” MCHJ xodimlari ishtirok etgan barcha profesor-o‘qituvchilarga seminar-treningda olgan yangi ko‘nikmalarini ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishda keng qo‘llashlariga umid bildirdilar va ularga omadlar tiladilar. Tadbir sermazmun o‘tkazildi.
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.