Mamlakatimiz ixtirochi ayollarini taqdirlash ma’rosimi bo‘lib o‘tdi.

0
108
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yil 28-sentabr kuni Toshkent davlat texnika universitetining Elektronika va avtomatika fakulteti majlislar zalida mamlakatimiz ixtirochi ayollarini taqdirlash ma’rosimi bo‘lib o‘tdi

Ko‘rgazmada ishtirok etgan o‘zbek olimalarining ixtirolari xalqaro ekspertlar tomonidan o‘rganilib, yuqori baholandi va tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘zbekistonlik olima ayol – Toshkent davlat texnika universiteti Elektronika va avtomatika fakulteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Paraxat Mayliyevna Matyakubova va Nazokat Avezovalar “Suyuq material namligini nazorat qilish qurilmasi” nomli ixtirosi uchun “KIWIE – 2021” ko‘rgazmasining maxsus sovrini (Gran-pri) va Oltin medal olishga muyassar bo‘ldilar. Shunisi e’tiborliki, o‘zbekistonlik olima ayollar – professor Paraxat Matyakubova (TDTU), professor Saida Beknazarova (TATU), dotsent Malaxat Ilxamova (TTESI), Ozoda Abdullayeva (NamMTI), Nazokat Avezova (TDTU), Feruza Azizova (TTA), Feruza Salomova (TTA), Dilfuza Maqsudova (NamMTI) va Go‘zal Sherqo‘ziyeva (TTA) lar ko‘rgazmaning bitta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.