Toshkent shahar hokimining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari Durdona Shukurullayevna Raximova bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

0
143
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yil 28 sentabr kuni Toshkent davlat texnika universiteti talaba qizlar turar joyida Toshkent shahar hokimining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari Durdona Shukurullayevna Raximova bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Uchrashuvda TDTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori M.U.Atamuratov, Talabalar shaharchasi “Yoshlik” hokimiyati hokimi I.I.Bayxanov, Talabalar turar joyi direksiyasi direktori A.U.Aliqulov, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi T.S.Muxtarova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i M.M.Sultonova, “Yoshlik” hokimiyati talaba yoshlar bilan ishlash bo’yicha bosh mutaxassisi D.A.Saliyeva, 71-talaba qizlar turar joyi tarbiyachi-pedagogi M.R.Saydaliyeva va 80 nafardan ortiq talaba qizlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda TDTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori M.U.Atamuratov talabalar turar joyida talaba qizlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, har bir talabaning odob-ahloq qoidalariga amal qilishi lozimligi, turar joyda talaba qizlar tomonidan erishilayotgan yutuqlar, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdilar.

      Durdona Shukurullayevna bilan o’tkazilgan uchrashuv samimiy ruhda bo’lib, talaba qizlar o’zlarini qiziqtirgan masalalar bilan fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida Durdona Shukurullayevna talaba qizlarga omad tilab, kelajakda xalqimiz koriga yaraydigan yaxshi mutaxassis va yaxshi oilaning bekasi bo’lishlariga tilak bildirdilar va turar joyda talaba qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida tikish-bichish zallari hamda yotoqxona kutubxonasiga tashrif buyurdilar.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.