Yangi O‘zbekistonning isteʼdodli yoshlari

0
218
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Toshkent davlat texnika universitetida “Yangi O‘zbekistonning isteʼdodli yoshlari” kitobining taqdimoti boʼlib oʼtdi

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4433-son qarorida belgilangan vazifalarga ko‘ra yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi va Oʼzbekiston Respublikasi isteʼdodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash “Ulugʼbek” jamg‘armasi hamkorligida turli sohada faoliyat olib borayotgan iqtidorli talabalar, doktorant va tadqiqotchilar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonni isteʼdodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblarining maqolalari chop etilgan 3-kitob nashrdan chiqarildi hamda ushbu kitobning taqdimot marosimi 2021-yil 20-sentabr kuni Elektronika va avtomatika fakultetida o‘tkazildi.        Taqdimot avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh.Q.Nematov so‘zga chiqib marosimni ochib berdi va kitob mazmun mohiyati, tanlov nufuzi va kitobda chop etilgan eng yaxshi ilmiy maqolalar haqida to‘xtalib o‘tish bilan bir qatorda, iqtidorli talabalar, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi, ularning ilmiy ishlariga nechog‘lik eʼtirof mavjudligi haqida tushuntirib berdi.

Shundan so‘ng Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor M.U.Аtamuratov so‘zga chiqib, o‘z nutqida “Yangi Oʼzbekistonning isteʼdodli yoshlari” kitobini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, yoshlarni shu kabi sovrinli tanlovlarda faol ishtirok etish, o‘z maqolalari bilan universitetimiz nomidan tanlovlarda qatnashishga undadi. Fakultetlar talabalari o‘rtasida kitobni targ‘ib qilish bo‘yicha barcha fakultet Yoshlar bilan ishlash dekan muovinlari va Yoshlar ittifoqi Kengash raislariga tavsiya berdi.

“Yangi O‘zbekistonning isteʼdodli yoshlari” kitobi tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.