E’LON

0
346
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Xorij va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan o‘qishini Toshkent davlat texnika universitetiga ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan talabgorlar DIQQATIGA!

Xorijdan va O‘zbekistondagi xorijiy oliygohlar, ularning filiallaridan transfer.dtm.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘qishini ko‘chirishda belgilangan o‘tish balini to‘play olmagan, ammo tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza berishi hamda shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Shu sababli barcha talabgorlar diqqatiga Siz tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan bo‘lib universitetga murojaat qilgan bo‘lsangiz albatta t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali 30.09.2021 yilga qadar onlayn ariza berishingiz shart, aks holda Toshkent davlat texnika universiteti raxbariyati Sizni tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida ola olmasligimizni ma’lum qilamiz.
Har bir talabgorlar mas’uliyat bilan yondoshib t-kontrakt.edu.uz platformasi orqali 30.09.2021 yilga qadar ro‘yxatdan o‘tib qo‘yishingizni so‘raymiz.
Talabgorlar onlayn ariza berish hamda shartnomani rasmiylashtirish jarayonlari haqida ushbu video yo‘riqnoma (https://youtu.be/-qtz7SprXIc) orqali batafsil bilib olishlari mumkin.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
SHARE
Previous articleЭЪЛОН
Next articleSUPERKONTRAKT BOʻYICHA EʼLON !