ЭЪЛОН

0
1334
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha 2022 yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik, maqsadli va stajyor-tadqiqotchilikga O‘zbekiston Resupublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul e’lon qiladi:

TAYANCh DOKTORANTURA:
Talabgor taqdim qiladigan hujjatlar:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasi (tasdiqlangan nusxasi);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi yoki oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomi nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
– pasport nusxasi;
– 3×4 hajmda 4 ta fotosurat.
Tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar ixtisoslik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar.
DOKTORANTURA:
Talabgor taqdim qiladigan hujjatlar:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasi (tasdiqlangan nusxasi);
– oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplomi nusxasi;
– tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
– pasport nusxasi;
– 3×4 hajmda 4 ta fotosurat.
Doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.
MUSTAQIL IZLANUVCHILIK:
Talabgor taqdim qiladigan hujjatlar:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasi (tasdiqlangan nusxasi);
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomi nusxasi;
– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoxud xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplomi nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
– ish joyidan tavsifnoma;
– pasport nusxasi;
– 3×4 hajmda 4 ta fotosurat.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish 2021 yil 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
STAJYOR-TADQIQOTCHILIK:
Talabgor taqdim qiladigan hujjatlar:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasi (tasdiqlangan nusxasi);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi yoki oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomi nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;
– pasport nusxasi;
– 3×4 hajmda 2 ta fotosurat.
Stajyor-tadqiqotchilikka talabgorlarni tanlab olish 2021 yil dekabr oyida suxbat orqali amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2021 yil 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni (71) 207-09-95 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
http://www.phd.mininnovation.uz/ tizimidan ro‘yxatdan o‘tish lozim.
Manzilimiz: Toshkent sh., Universitetlar ko‘chasi – 2 uy. Toshkent davlat texnika universiteti, Ilmiy-tadqiqotlar, innovasiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.