O‘zbekiston – Rossiya: ToshDTU – KozDEU energetikada hamkorlik!

0
192
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2021 yilning 23 sentyabr sanasida Toshkent davlat texnika universiteti Elektr energetikasi fakulteti dekani prof. Javoxir Toshov Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida o‘tkazilayotgan “Smart Energy Systems 2021” II Xalqaro ilmiy-texnik anjumanida ishtirok etish doirasida Qozon davlat energetika universiteti va Toshkent davlat texnika universitetida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida kelishuv memorandumi imzolandi. Mazkur tadbirda Qozon davlat energetika universiteti rektori Edvard Abdullazyanov ishtirok etib, imzolangan hujjat doirasida amalga oshiriladigan ishlar ikki tomon manfaatlariga ham birdek xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Kelishuv memorandumi doirasida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida energetika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish va ilmiy stajirovkalarini o‘tkazish, o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.