TDTU – BMTU: hamkorlikning yangi qirralari!

0
617
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Universitet saytida avval xabar qilinganidek, Belarus milliy texnika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Nikolaychik Yuriy Aleksandrovich boshchiligidagi delegasiya TDTUga keldi.

Tashrifning asosiy maqsadi – TDTU qoshida ta’limning birlashtirilgan shakllari bo‘yicha qo‘shma tayyorlov fakultetini tashkil etish to‘g‘risida ikki universitet o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirishni boshlash.

2021 yil 15-16 sentyabr kunlari tasdiqlangan tashrif dasturiga ko‘ra, TDTU rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, delegasiyani rektor S.M. Turabdjanov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O.O.Zaripov, Sh.K Nematov Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor aloqalar bo‘yicha prorektor, U.V. Mannanov qabul qildilar.

BMTU ishchi guruhi quyidagi tarkibda: Ta’limning birlashtirilgan shakllari va ta’lim monitoringi instituti direktori N.A.Afanasyeva, BMTU QTD bo‘limi boshlig‘i N.V. Vishnyakov hamda TDTU vakillari quyidagi tarkibda: qo‘shma tayyorlov fakultetini tashkil etish uchun mas’ul Z.T.Gaipnazarova, xorijiy qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i M. Pulatov tinglovchilarni QTF ga qabul qilish tartibini kelishish masalalarini batafsil ishlab chiqdilar, asosiy hujjatlarni tasdiqladilar.

BMTU delegasiyasining TDTU-BMTU qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvi tashkil etildi. Delegasiya a’zolariga barcha jalb qilingan fakultetlarning auditoriya zallari, o‘quv-ilmiy va laboratoriya binolari ko‘rsatilib, tanishtirildi, shuningdek, yangi innovasion texnoparkka tashrif uyushtirildi.

Liseyning salohiyatli o‘quvchilari bilan ularni QTD va qo‘shma tayyorlov fakultetiga jalb qilish maqsadida reklama-tashviqot va yo‘naltirish ishlari o‘tkazildi.

Umuman olganda, tashrif iliq va ishchan ruhda bo‘lib o‘tdi, tomonlar amalga oshirilayotgan qo‘shma dasturlar samaradorligiga ishonch bildirishdi va yaqin kunlarda qo‘shma tayyorlov fakulteti o‘z faoliyatini to‘liq kuch bilan boshlashini ta’kidlashdi!

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.