Qo’shma ta’lim dasturlari asosida o’qishga qabul davom etmoqda

0
1521
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Ташкентский государственный технический университет имени Ислама Каримова приглашает на обучение по совместным образовательным программам в формате 2+2.

Bugungi kunda Toshkent davlat texnika univeriteti chet elning 7 ta nufuzli Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda 19 ta ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’ygan.

2021/2022- o’quv yilida Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etilgan “Qo’shma ta’lim dasturlari” uchun ajratilgan qabul kvotalari hamkor OTM bilan kelishilgan xolda rasman tasdiqlangan.

Ushbu dasturlarga qabul jarayoni 2021 yilning 11-sentabiridan 26-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Abiturientlar quydagi qo’shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo’nalishlariga xujjat topshirishlari mumkin:

-Bakalavriat uchun:

Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo’yicha)”, “Mashina sozlik texnologiyasi,mashinasozlik ishlab chiqarishni jixozlash va avtomatlashtirish”, “Avtomobilsozlik va traktor sozlik”, “Biotibbiyot muhandisligi”, “Energiya mashinasozligi”.

Belarus Respublikasining Belarus davlat texnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar bo’yicha)”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)”, “Biotexnologiya”,

Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Moskva energetika instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr energetikasi”

Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tehnologik mashina va jihozlar (oziq-ovqat sanoati mashina va apparatlari)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xo’jaligi texnikalari ekspluatatsiyasi)”, “Transport vositalari muhandisligi (qishloq xo’jaligi texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish)”.

Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo’yicha)”

Xitoy xalq Respublikasining Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti bilan hamkorlika  “Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va soxalar bo’yicha)”

-Magistratura mutaxassisligi uchun

Rossiya Federatsiyasining Don davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Er usti transport vositalari va tizimlari” (transport turlari bo’yicha)

Belarus Respublikasining Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Metallurgiya (metal turlari bo’yicha)”

Rossiya Federatsiyasinig Ufa davlat neft-texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”, “Neft va gaz konlarini qidiruv razvedka ishlarinig geofizik usullari”.

Koreya Respublikasining Chungnam milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Elektr ta’minot (tarmoqlar bo’yicha)”, “Muqobil energiya manbalari”.

ONLINE HUJJAT TOPSHIRISH

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.