Toshkent davlat texnika universitetida oʼquv jarayonlari anʼnaviy tarzda boshlandi

0
1162
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bugun, yaʼni joriy yilning 6 sentyabridan boshlab Toshkent davlat texnika universitetida yangi 2021/2022 oʼquv yili anʼanaviy tarzda boshlandi.

Shu munosabat bilan universitetda “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida ilk tadbir boʼlib oʼtdi.

Tadbirni universitet rektori prof. S.M.Turabdjanov ochib berib, Muhtaram Prezidentimizning Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yillik bayramiga bagʼishlangan tantanali marosimda soʼzlagan nutqlaridan misollar keltirib, yildan yilga oliy taʼlim muassasalari sonining ortib borayotganligini hamda endilikda bunday taʼlim muassasalarida jahon standartlari talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun tegishli saʼy-harakatlar amalga oshirilayotganligi, yetarlicha mablagʼ ajratilayotgani, yoshlarning bilim olish yoʼlida ularga berilayotgan muayyan imtiyozlar haqida, shuningdek, bu borada yangi oʼquv yilida talabalar uchun yaratilgan yangi sharoitlar bilan talabalarni tanishtirdi.

Shuningdek, mazkur tadbirda ish beruvchi korxona va tashkilotlarning rahbarlari hamda taniqli shoir Bobur Bobomurod, Muqimiy nomidagi Oʼzbekiston davlat musiqali drama teatrining direktor oʼrinbosari X.Inogʼomovlar ishtirok etishib, oʼzlarining fiklarini talabalarga yetkazishdi. Shu bilan birga bu yil 1-kursga talabalikka qabul qilingan talabalar va ularning ota-onalari ham soʼzga chiqishib, oʼz dil izhorlarini bayon qildilar.
Tadbir koʼtarinki, bayramona ruhda oʼtdi. Shundan soʼng barcha talabalar uchun Mustaqillik darslari boshlandi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.