MAGISTRATURAGA ARIZA TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

0
1421
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Toshkent davlat texnika universitetini bitirib,
2021/2022 o‘quv yilida magistraturaga ariza topshirgan abituriyentar
 diqqatiga!

Magistraturaga kirishda umumiy ball – kirish imtihonlarida mutaxassislik fanlari va chet tilidan to‘plangan ballar hamda bakalavriatda o‘zlashtirilgan fanlarning o‘rtacha balli yig‘indisidan tashkil topadi.
Agar Sizning o‘zlashtirgan fanlaringizning o‘rtacha balli noto‘g‘ri hisoblangan yoki hujjatlar www.magistr.edu.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda texnik xatolik bilan noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lsa, 2021 yilning 8 avgustigacha Toshkent davlat texnika universitetining Maslahat – Call markaziga (71-207-09-85, 71-207-09-86) telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Sizda yuqorida ko‘rsatilgan telefonlar orqali bog‘lanish imkoni bo‘lmasa, 
telegramm (+99897-485-00-69) raqamiga o‘zingizni F.I.Sh., qaysi magistratura mutaxassisligiga ariza
 berganligingiz va o‘zlashtirgan fanlaringizning o‘rtacha balli bo‘yicha
 e’tirozingizni yozib qoldirsangiz, mas’ul xodimlarimiz Siz bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritadi.


Namuna*:
O‘zlashtirilgan fanlarning o‘rtacha balli
 (diplom ilovangizni o‘rtacha balli) ni hisoblash sxemasi quyidagicha:

Bu yerda: 5018 – 4 yil davomida to‘plangan reyting ball, 6964 esa 4 yil davomida o‘qitilgan soatlarning umumiy miqdori. Demak, o‘zlashtirilgan fanlarning o‘rtacha ballini hisoblash uchun 5018 ni 6964 ga bo‘lamiz va 100 ga ko‘paytiramiz, natija 72.05, shunda Sizning o‘zlashtirgan fanlaringizni o‘rtacha (diplom ilovasining o‘rtacha) balli kelib chiqadi.

* Ushbu namuna 2020 va 2021 yillarda Toshkent davlat texnika universitetini bitirganlarning diplom ilovasiga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.