Qoʼshma taʼlim dasturi asosida taʼlim olgan ilk magistrlarga diplom topshirildi

0
546
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Rossiya Federatsiyasi Milliy tadqiqotlar yadro universiteti bilan hamkorlikdagi (1+1) qoʼshma taʼlim dasturi asosida magistraturani tamomlagan talabalarga diplom topshirildi.
Mazkur universitet bilan hamkorlikda (1+1) qoʼshma taʼlim dasturlari asosida Elektronika va elektron texnikasi, Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish hamda Radiotexnik qurilmalar va aloqa vositalari yoʼnalishlarida mutaxassislar tayyorlash boʼyicha hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan.
2019/2020 oʼquv yilida magistraturaga ilk bor qabul qilingan talabalar oʼqishning 1-bosqichini Moskva shahrida joylashgan Milliy tadqiqotlar yadro universitetida muvaffaqiyatli tamomlab keldi. Oʼqishning
2-bosqichini Toshkent davlat texnika universitetida davom ettirib, oʼtilgan barcha fanlarni yuqori darajada oʼzlashtirgan talabalar magistrlik dissertatsiyalarini ikki davlat olimlaridan iborat attestatsiya komissiyasi huzurida muvaffaqiyatli himoya qildi. Bitiruvchilarni tabriklaymiz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.