Joriy yilning 24 iyul kuni Bekobod shaxrida “O‘zmetkombinat” AJ va Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-tadqiqot va yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda kombinat ishchi xodimlarining ilmiy darajalar olishlari masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda universitet prorektori Sh.Nematov, doktorantura bo‘limi boshlig‘i X.Kamolov, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar shuningdek kombinat direktorining 1 o‘rinbosari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda ilmiy faoliyat olib borish istagini bildirgan 24 nafar ishchi xodimlar ishtirok etdilar.
Olib borilgan muhokamalar natijasida korxona ishchilarining dissertatsiya tadqiqotlarini olib borishlari uchun yagona mexanizmga kelishib olindi,
ya’ni korxona ishchisining ish faoliyati davomida duch kelayotgan
muammolari asosida mavzu tanlanib ilmiy ish olib boriladi, korxona o‘z
navbatida tanlangan muammoni moliyalashtiradi.
Shu bilan bir qatorda korxona sexlari faoliyati bilan tanishildi, muammolar joyida o‘rganildi.
