Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari
instituti rektori, Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, iqtisodiyot fanlari
doktori, professor O‘ktam Umurzakov shu yil 26 iyul kuni 69 yoshida vafot etdilar.
Oliy ta’lim tizimi yetuk olim, tashkilotchi, kamtarin inson ustoz O‘ktam
Pardayevichni yo‘qotdi. Rektorlar jamoasi samimiy maslahatchi
hamkasbidan judo bo‘ldi.
Oxiratlari obod, joylari jannatdan bo‘lsin.
Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi marhumning oila a’zolariga va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiradi!
O‘zining hayotini ta’lim-tarbiya va ilm-fanga bag‘ishlagan samimiy inson O‘ktam Pardayevichning yorqin xotirasi hamkasblari, shogirdlari va barcha yaqinlarining qalbida abadiy saqlanib qoladi.
Toshkent davlat texnika universiteti jamoasi nomidan
Rektor S.M.Turabdjanov