“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan 2020 yilning 11 martida 2020-2023 yillarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida gidroenergetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
Mazkur “Yo‘l xaritasi”ning 24-bandida kafedraning o‘quv – ilmiy laboratoriyalarini jihozlash uchun yangi zamonaviy jahon standartiga javob beruvchi asbob-uskuna, maket va qurilmalarni “O‘zbekgidroenergo” AJ mablag‘lari hisobidan universitet tomonidan xarid qilinishi nazarda tutilgan.
Shu munosabat bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “O‘zbekgidroenergo” AJ homiyligida amalga oshirilayotgan ““Gidroenergetika va gidravlika” kafedrasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilinadigan o‘quv-laboratoriya uskunalari bo‘yicha umumiy qiymati 2 500 000 000 (ikki
milliard besh yuz million) so‘m bo‘lgan tender e’lon qilmoqda.
Xarid qilinadigan o‘quv-laboratoriya uskunalari bo‘yicha texnik topshiriqlar va tender hujjatlari davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali http//dxarid.uzex.uz saytida hamda universitetning internetdagi http//tdtu.uz rasmiy veb-saytida e’lon qilingan.
Tender ishtirokchilari takliflari 2021 yil 25 iyundan 2021 yil 25 ilyulga
qadar qabul qilinadi.
“O‘zbekgidroenergo” AJ homiyligida ““Gidroenergetika va gidravlika” kafedrasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi doirasida o‘quv-laboratoriya uskunalari bo‘yicha tender e’lon qilindi.
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.