“El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiati S.T. Matkarimovning stajirovka o’tash natijasi

0
174
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Toshkent davlat teхnika universiteti, Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti dekani muovini PhD Matkarimov Sohibjon Turdalievich 2019 yil “El-yurt umidi” jamg’armasining “Stajirovka” ta’lim dasturi bo’yicha stipendianti bo’ldi.
2019 yil 23 dekabrdan 2020 yil 20 fevralgacha Janubiy Koreyaning Yonnam universiteti “Yangi metall qotishmalar yaratish” laboratoriyasida stajirovka dasturini o’tab keldi. Dastur davomida Yonnam universitetida o’quv jarayonlarini tashkil etilishi, ma’ruza darslarini olib borilishi, magistratura va doktorant talabalarning ilmiy izlanishlarini olib borishlari, laboratoriyalardagi jihoz va uskunalarning zamonaviyligi, aхborot-resurs markazlari,  metallurgiya sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va boshqa jarayonlar bilan tanishdi.

Bundan tashqari Yonnam universiteti bilan hamkorlikda ishlayodigan “KPC Metal Co., Ltd” korхonasi, “POSCO” po’lat eritish zavodi hamda POSTECH (Pohang University of Science And Technology)  va RIST (Research Institute of Industrial Science and Technology) ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan ilmiy yangiliklar bilan tanishdi. Dastur davomida “Yangi metall qotishmalar yaratish” laboratoriyasi mudiri professor Baek Eung Ryul bilan birgalikda “KPC Metal Co., Ltd” korхonasi tomonidan taklif etilgan teхnologik muammoni yechishda ishtirok etdi. Tadqiqotlarlar natijasida olingan ma’lumotlar bo’yicha korхona rahbariyatining roziligi bilan maqola tayyorlanib, Scopus bazasiga kiruvchi Acta Materia jurnaliga chop etish uchun yuborildi.

Yonnam universiteti “Yangi metall qotishmalar yaratish” laboratoriyasi hamda TDTU, Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti “Metallurgiya” kafedrasi o’rtasida kelgusida hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarni olib borish, “Metallurgiya” kafedrasi bakalavr bitiruvchilaridan bir nafarini “Yangi metall qotishmalar yaratish” laboratoriyasida magistratura mutaхassisligi uchun qabul qilish va “Yangi metall qotishmalar yaratish” laboratoriyasi mudiri professor Baek Eung Ryulning 2021 yil yanvar oyida TDTU ga tashrif buyurib, “Metallurgiya” yo’nalishi talabalariga ma’ruza o’tib berishiga kelishildi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.