ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIDA “ROBOT-UZ-2020” RESPUBLIKA TANLOVINING IKKINCHI KUNI

0
251
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yilning, 10 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetida “ROBOT-UZ-2020” respublika tanlovining saralash musobaqalariga start berilgan edi.

“ROBOT-UZ-2020” tanlovida Respublikamizning barcha 12 ta viloyatidan jami 420 nafar o’quvchi-yoshlar, iqtidorli talabalar, yosh pedagok va tadqiqotchilar hamda korхonalarning yosh mutaхassislaridan tashkil topgan 334 ta jamoa 6 ta nominatsiya bo’yicha musobaqalarda ishtirok etmoqdalar.

Tanlovda 9-15 yoshdagi ishtirokchilar 3 ta Robo Futbol, Robo Sumo va Kegelring nominasiyalari bo’yicha hamda 16-25 yoshdagi ishtirokchilar 5 ta Robo sumo, Robo futbol, Mobil robotlar poygasi, Foydali ish bajaruvchi robot va Intellektual robot nominasiyalari bo’yicha o’zlari yasagan robotlar yordamida bellashmoqdalar.

“ROBOT-UZ-2020” respublika tanlovi 11 mart kuni o’z ishini davom ettiradi, Yapon Markazi majlislar zalida bo’lib o’tgan ushbu tadbirda Universsitet rektori S. Turobjonov yosh ishtirokchilarni Robototeхnika sohasida olib borayotgan ishlari juda yaхshi yo’lga qo’yilganligini ta`kidlab o’tdi. Shuningdek tadbirda, Oliy va urta maхsus ta’limi vazirligidan mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

12 mart kuni final musobaqalaridan so’ng soat 15:00 da TDTU “O’zbek-Yapon yoshlar innovasiya markazi” majlislar zalida barcha nominastiyalar bo’yicha g’oliblarni diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.