Joriy yilning, 10 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetida “ROBOT-UZ-2020” respublika tanlovining saralash musobaqalariga start berildi.

“ROBOT-UZ-2020” tanlovida Respublikamizning barcha 12 ta viloyatidan jami 420 nafar o’quvchi-yoshlar, iqtidorli talabalar, yosh pedagog va tadqiqotchilar hamda korхonalarning yosh mutaхassislaridan tashkil topgan 334 ta jamoa 6 ta nominatsiya bo’yicha musobaqalarda ishtirok etmoqdalar.

Tanlovda 9-15 yoshdagi ishtirokchilar 3 ta Robo Futbol, Robo Sumo va Kegelring nominatsiyalari bo’yicha hamda 16-25 yoshdagi ishtirokchilar 5 ta Robo sumo, Robo futbol, Mobil robotlar poygasi, Foydali ish bajaruvchi robot va Intellektual robot nominatsiyalari bo’yicha o’zlari yasagan robotlar yordamida bellashmoqdalar.

“ROBOT-UZ-2020” respublika tanlovi 11 mart kuni o’z ishini davom ettiradi, 12 mart kuni final musobaqalaridan so’ng soat 15:00 da TDTU “O’zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazi” majlislar zalida barcha nominastiyalar bo’yicha g’oliblarni diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.
