Maqsad:
– Respublika ilmiy-uslubiy seminar doirasida ilg’or хorij tajribalarni tahlili, mavjud muammolarni hal qilish, o’quv dasturlarni takomillashtirish va ta’lim jarayoniga kredit-modul tizimini tadbiq etish;
– Ish beruvchilarni fikrlarini inobatga olgan holda ta’lim sifatini oshirish qaratilgan.

Vazifa:
– Zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh yuqori malakali, mustaqil fikrlovchi, fidoiy va kadrlarni tayyorlashni tubdan o’zgartirish va TDTU “Termodinamika va issiqlik teхnikasi” kafedrasi qoshida “Issiqlik teхnikasi” yo’nalishi bo’yicha yetakchi ilmiy-ta’lim markazini yaratish;
– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini mufoviq Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari ko’rish.

Muhokama qilingan muammolar:
– “Issiqlik teхnikasi” kafedrasida ilmiy-ta’lim markaz yaratish;
– Issiqlik teхnikasining nazariy masalalari
– Issiqlik teхnik kurslarni o’qitish metodikasi;
– Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun ta’lim-ilm-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ko’rsatilgan vazifalarni bajarish bo’yicha aniq ko’rsatmalar belgilab olindi.
