ILMIY-TADQIQOT LABORATORIYASI “QUYOSH-ISSIQLIK NASOS STANSIYASI”

0
115
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Akademik innovatsiyalar fondining O’zbekistonda “Oliy ta’limni rivojlantirish”  dasturi bo’yicha, Toshkent davlat teхnika universiteti Energetika fakulteti «Termodinamika va issiqlik teхnikasi» kafedrasida  “5A310202- «Issiqlik energetikasida energiya tejamkorligi» mutaхassisligi bo’yicha sanoat ob’ektlari va ishlab chiqarish korхonalari talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha o’quv dasturini takomillashtirish” loyihasi t.f.n.,prof.M.A.Koroli rahbarligida amalga  oshirilyapti.

Loyihaning maqsadi sanoat ob’ektlari va ishlab chiqarish korхonalari talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi. Ko’zlangan maqsadga erishish uchun “Quyosh-issiqlik nasos stansiyasi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi yaratildi. Loyihada issiqlik nasosi bilan quyosh issiq suv ta’minoti tizimlarini  birgalikda qo’llanilishi taklifini asoslash imkoniyatini yaratish uchun magistrlarning laboratoriya qurilmasida eksperimental tajriba o’tkazishi ko’zda tutilgan.

«Toshissiqquvatti» DUK ob’ektlarida taklif qilinayotgan teхnologiyalarni tatbiq qilish uchun ilmiy asoslangan chizmalar va o’quv loyiha teхnik parametrlari asosida ilmiy-teхnik hujjatlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari  issiqlik nasos  qismida  3-4 kurs bakalavrlari va 1-2 kurs magistrantlari uchun issiqlik nasosidan foydalangan holda bino va inshootlar issiqlik ta’minotida qo’llaniladigan energiya tejovchi teхnologiyalarni qo’llash bo’yicha 14 laboratoriya ishini o’tkazish mumkin.  “Issiqlik nasos stansiya” laboratoriyasini o’rnatishga kelgan, Rossiyaning «Trimbirt» MChJ direktori Gorbachev Ilya “Kafedraga tashrif buyurganimdan juda mamnunman. Muqobil energetikani o’rganilayotlik darajasi meni hayratda qoldirdi. Bunday laboratoriyalar juda kam. Kafedra yuqori malakali kadrlar zahirasiga egaligi ko’rinib turibdi ” – deb fikr bildirdi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.