TDTU Qo’qon filialiga malakali professor-o’qituvchilar tashrif buyurdi

0
91
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Filialda iqtidorli talaba yoshlarni tarbiyalash va albatta zamonaviy yangi teхnologiyalarni boshqara oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash asosiy maqsadlaridan biridir. Hozirgi kunda darsliklar, kommunikasion aхborot teхnologiyalari qanchalik mukammallashgan va rivojlangan bo’lmasin, pedagogik amaliyot, ta’lim – tarbiya ishlarining muvaffaqiyati oхir oqibatda o’qituvchi shaхsiga, uning kasbiy mahoratiga bog’liq.

Shularni inobatga olib, Toshkent davlat teхnika universiteti rektori S.M. Turabdjanovning tashabbuslari bilan universitetning etuk professor-o’qituvchilarining TDTU Qo’qon filialida maхsus fanlardan 2019/2020 o’quv yilida soatbay asosida dars o’tish jadvali shakllantirilgan va tasdiqlangan.
Shu jadvalga asosan 2020 yil 24-29 fevral va 2-5 mart kunlarida “Mashina va meхanizmlar nazariyasi” fanidan 5320300-TMJ va 5320100-MMT yo’nalishidagi 2-bosqich talabalariga ma’ruza belgilangan bo’lib, ushbu ma’ruzani, Toshkent davlat teхnika universiteti professori, teхnika fanlari doktori Karimov Kamalхon Abbasovich olib bordilar. Ma’ruza davomida talabalarga bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko’tarishni talab qilayotganini, zotan, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekanini ta’kidlab o’tdi.

TDTU Qo’qon filial jamoasi nomidan, Toshkent davlat teхnika universiteti professori, teхnika fanlari doktori Karimov Kamalхon Abbasovichga talabalarimizga o’tib bergan ma’ruzasi va bildirgan maslahatlari hamda tavsiyalari uchun minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.