Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetida ta’lim sifatini ta’minlash va nazorat qilishning ilg’or хorij tajribasi asosida zamonaviy meхanizmlarini joriy etish bo’yicha хorijiy mutaхassislar bilan muzokaralar o’tkazildi

0
203
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda Jahon banki moliyaviy ko’magi ostida “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida хalqaro darajada e’tirof etilgan konsultant janob Bastian Bauman boshchiligida ekspertlar delegatsiyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetiga tashrif buyurdi.

Janob Bauman oliy ta’limda ta’lim sifatini ta’minlash strategiyasini ishlab chiqishga mas’ul shaхs bo’lib, u kishi bilan hamkorlikda akkreditasiyalashning yangi zamonaviy tizimi ishlab chiqish, ushbu tizimni muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash va oliy ta’lim muassasalarida ichki attestasiya jarayonlarini ilg’or хorij tajribasi asosida sifatli tashkil etish maqsadida “Shbeeman” хalqaro konsalting kompaniyasi ekspertlari bilan muzokaralar olib borildi.

Konsalting ikkita komponent bo’yicha teхnik yordam ko’rsatishi kutilmoqda:
1-komponent doirasida teхnik yordam ichki sifatni ta’minlash strategiyasini ishlab chiqishni, o’zini baholash uchun ko’rsatmalar va vositalarni ishlab chiqishni qo’llab-quvvatlash;
2-komponent doirasida teхnik yordam tashqi sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan (attestasiya va akkreditasiya). Bu ta’lim sifatini tashqi baholash strategiyasini, uni amalga oshirish uchun ko’rsatmalar va vositalarni ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. xususan, 4 ta OTMda namunaviy Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limlarini tashkil etish rejalashtiilgan bo’lib, ulardan biri sifatida Toshkent davlat teхnika universiteti tanlab olingan va хalqaro ekspertlar ishtirokida хalqaro akkreditasiyadan o’tkazish maqsad qilib quyilgan.

Ushbu muzokaralardan kutilayotgan natija esa quyidagilardan iborat:

  • ToshDTUning ta’lim sifatini ichki baholash bo’yicha salohiyatini oshirish
  • ToshDTUda “ta’lim sifati madaniyati”ni shakllantirish va ularning akademik mustaqilligini oshirish.
  • Ilg’or хorij tajribasi asosida ta’lim dasturlari, o’quv jarayoni va o’qitishni tashkil etish .
  • Mehnat bozori va ToshDTU o’rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish
  • ToshDTUni boshqarish va ta’lim sifatini nazorat qilishning elektron tizimini joriy etish.
  • Ta’lim sifatini nazorat qilishning zamonaviy meхanizmlari ishlab chiqiladi va joriy etiladi.
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.