Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo va Azarbayjon bo’yicha mintaqaviy direktori – Aliya Ospanova TDTU ga tashrif buyurdi

0
745
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yilning, 13 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti professor-o’qituvchilari uchun Elsevier kompaniyasining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo’yicha mintaqaviy direktori – Aliya Ospanova va Elsevier kompaniyasining O’zbekiston Respublikasidagi koordinatori – Sanjar Atabayevlar ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarni universitet rektori prof. S.Turabdjanov olib bordi.


O’zbek-Yapon yoshlar innovasiya markazi katta majlislar zalida taklif etilgan ekspertlar tomonidan “Elsevier kompaniyasi faoliyati va funksiyalari haqida shuningdek, ilmiy maqolalarni rasmiylashtirish va nufuzli хorijiy ma’lumotlar ba’zalariga (Scopus va Web of Science) kirgan jurnallarda chop etish prinsiplari” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminar davomida ekspertlar tomonidan qator foydali ma’lumotlar berildi va yig’ilganlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar. Bu kabi seminarlarni “Akademik soatlar” tarzda universitetda keng joriy etishga kelishib olindi.

Elsevier Central Asia rasmiy telegram kanaliga ulanish:
https://t.me/ElsevierCentralAsia

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.