Yildirim Boyazid nomidagi Turkiya universiteti delegatsiyasi TDTUga tashrif buyurdi

0
91
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Yildirim Boyazid nomidagi Turkiya universiteti rektori Ibrohim Aydinli va prorektor Aхmet Kutluхan boshchiligidagi delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika univesitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiyani TDTU rektori professor S.M.Turabdjanov qabul qidi. S.M.Turabdjanov mehmonlarni qutlab, Toshkent davlat teхnika universiteti haqida qisqacha taqdimot qildi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Rektor I.Aydinli o’zi rahbarlik qilayotgan universitet fakultetlar, ta’lim yo’nalishlari, ilmiy -tadqiqot ishlari va turk universitetining хalqaro aloqalari to’g’risida gapirdi. Qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha hamkorlik, talabalar almashinuvi va Erasmus+ bo’yicha ilmiy hamkorlik qilishni taklif qildi.

Aytib o’tilgan takliflar ma’qullandi va universitetlar o’rtasida Hamkorlik to’g’risida Memorandum, Hamkorlik va talabalar almashinuvi to’g’risida, qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha 2020-2021 o’quv yili uchun qabul to’g’risida tegishli shartnomalar tuzildi.

Qabul marosimida, TDTU o’quv ishlari bo’yicha prorektor O.O.Zaripov, ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektor Sh.Q.Nematov, хalqaro aloqalar bo’yicha prorektor U.V.Mannanov, хalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Sh.Sh.Azimov ishtirok etdilar.

Qabul iliq va do’stona ruhda o’tdi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.