“O’zstandart” agentligining bir guruh yosh mutaхassislari “Bir makon-bir yo’l” loyihasiga ko’ra, joriy yilning 7-26 noyabr sanasida Xitoy Xalq Respublikasining Changjou va Shanхay shahrida, o’tkazilgan seminarda faol ishtirok etdilar.

0
688
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

“O’zstandart” agentligining bir guruh yosh mutaхassislari “Bir makon-bir yo’l” loyihasiga ko’ra, joriy yilning 7-26 noyabr sanasida Xitoy Xalq Respublikasining Changjou va Shanхay shahrida, “Respublikamiz uchun standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik istiqbollari” mavzusida o’tkazilgan seminarda faol ishtirok etdilar.

“O’zstandart” agentligining tashabbusi bilan ushbu tadbirda ToshDTUning “Elektronika va avtomatika” fakulteti, “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi dotsenti Ergashev Farhod Arifjanovich ham ishtirok etdi.

Seminarda, “Xitoy standartlashtirish va akkreditasiya tizimining holati”, “Xitoyda sifat nazorati tizimi”, “Xitoyning go’zal qishloqlarida standartlashtirishning holati”, “Xitoyda sayyohlik sohasida standartlashtirish tizimi”, “Neft mahsulotlarini standartlashtirish tizimi” “Oziq-ovqat va qishloq хo’jaligi  mahsulotlari standartlashtirish tizimi” kabi muhim mavzularda o’zaro tajriba almashdilar.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.