Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti rektori, professor Sadriddin Turobjonov Ozarbayjon Davlat Neft va Sanoat Universiteti rektori, professor Mustafo Bobonli bilan uchrashdi

0
258
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqishini namoyish etdi. Joriy yilning 18-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti rektori, professor Sadriddin Turobjonov  Ozarbayjon Davlat  Neft va Sanoat Universiteti  rektori, professor Mustafo Bobonli bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonning oliy ta’lim tizimi, o’quv jarayonni tashkil etish, professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqotlarini olib borish va ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo’yicha muzokaralar o’tkazildi. Mezbon universitet rektori  Mustafo Bobonli Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitet bilan hamkorlikda talabalar almashinuvi hamda qo’shma ta’lim dasturlari borasidagi fikr mulohazalarga katta qiziqish bildirdi.

Samimiy ruhda o’tgan uchrashuv so’ngida professor Sadriddin Turobjonov mezbon universitet rektoriga  mehmondo’stlik uchun tashakkur bildirib, esdalik sovg’asini topshirdi. O’z navbatida rektor, professor Mustafo Bobonli Islom Karimov nomlidagi Toshkent Davlat Teхnika Universiteti bilan hamkorlik aloхida ahamiyat kasb etishini ta`kidlab o’tdi.
Uchrashuvdan so’ng, Toshkent davlat teхnika universiteti rektori Ozarbayjon Davlat  Neft va Sanoat Universitetining  o’quv va ilmiy laboratoriyalari bilan tanishishdi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.