Belarus davlat teхnologiya universiteti delegatsiyasi universitetimizda

0
126
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2019-yil 30-oktabr kuni I.Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetiga Belarus davlat teхnolgiya universiteti  rektori professor Voytov Igor Vitalevich va birinchi prorektor akademik Siganov Aleksandr Rimmovich  tashrif buyurishdi.
Mehmonlarni universitet rektori Sadriddin Maхammadinovich Turobjonov kutib oldi.

Tashrif davomida ikki universitet rahbariyatining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida ikki universitet rektorlari hamkorlikning bir qator masalalari bo’yicha fikr almashdilar.
Hususan,  ikki universitet o’rtasidagi qo’shma ta’lim dasturlari bo’yicha, hamkorlikda ilmiy loyihalar ustida ishlash va ikki universitet hodimlarining malaka almashinuvi masalalarini muhokama qildilar.

Tashrif davomida, ikki universitet rektorlari TDTU va BDTU o’rtasidagi qo’shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar bilan muloqot qildilar. 

Muloqot mobaynida talabalarning savollariga BDTU rektori  prof. I.V.Voytov javob berar ekan,  qo’shma ta’limning BDTU da davom etadigan ta’lim jarayonida talabalarga barcha sharoitlar yaratilishi hamda iqtidorli talabalarning grant asosida o’qishni davom ettirish imkoniyatlari ham yaratilishi mumkinligini bildirdi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.