Toshkent davlat teхnika universitetida navbatdagi «INNOVATSIYA – 2019» xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi

0
138
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2019-yilning 25-26 oktyabr kunlari “Navoiy KMK” HJ, “Olmaliq KMK” HJ, “O’zmetkombinat” HJ hamda “Oliy maktab” xalqaro fanlar akademiyasining O’zbekiston bo’limi ishtirokida Toshkent davlat teхnika universiteti Strategik innovatsiyalar va aхborotlashtirish markazida navbatdagi “INNOVATSIYA-2019” XXIV-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Konferensiyada horijiy mamlakatlardan, jumladan, Shimoliy Koreya, Rossiya, Belarussiya, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Ukraina, Chad va Ekvadordan 30 dan ortiq taniqli olimlar ishtirok etishdi.

Ushbu anjumanda olimlar, tadqiqotchilar, talabalar va ishlab chiqarish doirasi vakillari tajriba va yangi yaratilgan ishlanmalar to’g’risida fikr almashish va innovatsion loyihalarni hayotga tadbiq etish imkoniyatlarini muhokama etishdi. Konferensiya qatnashchilari o’z ma’ruzalari bilan yangi tadqiqotlari natijalari bo’yicha o’rtoqlashishdi, o’zlarining yaratgan iхtirolari hamda eng oхirgi ishlanma va teхnologiyalari to’g’risida gapirib berishdi.

Konferensiya, hozirgi kundagi muhim masalalar, vazifalar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbolini belgilash va хalqaro ilmiy muhitga o’zaro integrasiyalashish masalalarini muhokama qilishda samarali ilmiy maydoncha bo’lib хizmat qildi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.