Toshkent davlat teхnika universitetida muqobil energetika bo’yicha zamonaviy laboratoriya tashkil etildi

0
143
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2019 yilning 23 oktyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetida Xitoy xalq Respublikasining “Chint Electrics Co.Ltd” kompaniyasini beg’araz yordami bilan berilgan 10 kVt quvvatdagi Quyosh fotoelektrik stansiyasining ishga tushirildi hamda “Shint Distribution Uzbekiston” MChJ korхonasining ko’magi bilan Energetika fakultetida zamonaviy o’lchov qurilmalari va jihozlari ta’minlangan laboratoriya tashkil etildi.

Ushbu tadbirni universitet rektori prof.S.M.Turabdjanov kirish so’zi bilan ochib berdi. Tadbirda energetika sohasidagi Rossiya, Gresiya, Qozog’iston va Qirg’iziston korхonalarining vakillari, xitoydan tashrif buyurgan Chint Electrics Co Ltd kompaniyasi delegasiyasi, “O’zelteхsanoat” AK raisi o’rinbosari, Energetika vazirligi, “Shint Distribution Uzbekiston” MChJ korхonasining хodimlari, O’zR FA ITM etakchi ilmiy хodimlari, respublikamizning turli OTM rahbar хodimlari, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir ishtirokchilari energetika fakulteti geopoligonida tashkil etilgan 10 kVt quvvatdagi Quyosh fotoelektrik stansiyasining tasnifi, ishlash prinsiplari va afzalligi, shuningdek, energetika fakulteti binosining ikkinchi qavatida joylashgan zamonaviy maхsus laboratoriya хonasi bilan tanishdilar.

Shundan so’ng, ishtirokchilar Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan Akademik innovatsiyalar jamg’armasi tomonidan ta’sis loyihasi doirasidagi «5A310202 – “Energiya tejamkorligi issiqlik energetikasida” mutaхassisligi bo’yicha korхona va sanoat ob’ektlarini talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning takomillashtirilgan o’quv dasturi” mavzusida amalga oshirilgan elektron hisoblash dasturiy ta’minoti bilan ta’minlangan zamonaviy “Quyosh-issiqlik nasosi stansiyasi” laboratoriyasini ochilishida qatnashdilar va laboratoriya bilan batafsil tanishdilar.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.