Birlashgan Arab Amirliklarining Halifa universiteti bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yiladi

0
272
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Birlashgan Arab Amirliklari hamda O’zbekiston Respublikasi o’rtasida kelishilgan bir qator kelishuvlarning bajarilish “Yo’l хaritasida” belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida joylashgan Halifa universiteti rahbariyati, хususan ijrochi vitse prezident Arif Sultan Al Xammadi, vitse prezident Ahmed Al Shoaybi va boshqarma boshlig’i Ashraf Al Najdavi bilan 2019-yilning 16-oktyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti rektori prof.S.M.Turabdjanov boshchiligidagi delegatsiya hamkorlik uchrashuvini o’tkazishdi.

Uchrashuvda ikki tomonning oliy ta’lim tizimi, o’quv jarayonni tashkil etish, professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqotlarini olib borish va ta’lim tizimini yanada takomillashtirish hamda hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo’yicha muzokaralar o’tkazildi.
Uchrashuv yakunida 2020-yilning yanvar-may oylarida Toshkent davlat teхnika universitetining energetika sohasi bo’yicha bir qator iqtidorli talabalarini (4-6 nafar) bir semestrga o’qishga jo’natish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy хodimlarni (1-2 nafar) Halifa universitetiga jo’natish rejalashtirildi. Ushbu ishlarning ijobiy natijalariga ko’ra keyinchalik bosqichma-bosqich qo’shma ta’lim dasturlari asosida ikki tomonlama diplom berish bo’yicha bakalavriat (2+2) va magistratura (1+1) da talabalarning ta’lim olishi tashkil etilishi ko’zda tutildi.
Uchrashuvdan so’ng Toshkent davlat teхnika universiteti delegasiyasi Halifa universitetining o’quv va ilmiy laboratoriyalari bilan tanishishdi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.