Toshkent davlat texnika universitetidagi O’zbek-Yapon yoshlar innovatsion markazi direktori Yaponiyada malaka oshirish o’quv kursida ishtirok etdi (2019 yil 26 sentyabr – 11 oktyabr)

0
238
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

O’zbek-Yapon yoshlar innovatsion markazining direktori “Yapon uslubidagi muhandislik ta’limi orqali sanoatdagi yuqori darajadagi kadrlar salohiyatini rivojlantirish” dasturi doirasida Yaponiyada malaka oshirisho’quv kurs dasturida ishtirok etdi.
Ushbu dasturda O’zbekiston Respublikasi vakilli tashqari Markaziy Osiyo respublikalari (Tojikiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkmaniston) vakillari ham qatnashdilar.

Ushbu kurs Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) tomonidan tashkil etilgan. Kursning asosiy vazifalari biri amaliy muhandislik ta’limi, o’qitish usullari, o’quv rejasi va sanoat, akademiya va hukumat o’rtasidagi hamkorlik sohasidagi Yaponiya tajribasini o’rganish edi.

Kurs davomida Yaponiyaning Nagoya, Toyoxashi, Tokio, Nagaoka va Toyama kabi bir qator shaharlariga tashriflar uyushtirildi.

Kurs dasturida Aichi Bilim Klasteriga, oliy texnik o’quv yurtlariga (Toyoxashi Texnologiya Universiteti, Nippon Texnologiya Instituti) va kollejlarga (Nagaoka va Toyama) tashriflar uyushtirildi. Kurs qatnashchilariga Yaponiyaning muhandislik va ta’lim tizimi, xususan KOSEN kollejlarining muhandislik ta’lim tizimi, JABEE muhandislik ta’limini akkreditatsiya qilish tashkiloti va Toyoxashidagi “Musashi Seimitsu Industry” AJ sanoat korxonalari haqida taqdimotlar va ma’ruzalar taqdim etildi.

Tashrif doirasida madaniy tadbirlar, jumladan muzeylar, musobaqalar (Robokon) va Yaponiyadagi diqqatga sazovor joylariga (Toyama Folk Village) ziyorat tashkil etildi.

Kurs ishtirokchilarga JICA tashkilotchi tomonidan kurs dasturini muvaffaqiyatli tugatganlik to’g’risida sertifikatlar topshirildi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.