Rasmiy xabar: Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bosh qarorgohidagi oliy ta’lim bo’yicha direktori Yoshiko Miura xonim boshchiligida delegatsiyasi Toshkent davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi

0
310
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2019 yil 4 sentyabr kuni Toshkent davlat texnika universitetining O’zbek-Yapon yoshlari innovatsion markazining kichik majlislar zalida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA qarorgohida oliy ta’lim direktori boshchiligidagi yapon delegatsiyasi bilan Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyatining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Yaponiyaliklar, shuningdek, Teyiko universiteti professori Toshixisa Ueda va Kyushu universiteti professori Takashi Sasaoka ishtirok etishdi.

Delegatsiyani Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor, professor U.V.Mannanov, O’zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazining direktori E.B.Xaltursunov, shuningdek, JICAning O’zbek-Yapon Yoshlar Innovatsiya Markazining koordinatori janob Yukinori Yanagida qabul qildi.

Ikkala tomon Markazning o’tgan davrdagi faoliyati va kelgusi ish rejalari to’g’risida ma’lumot almashdilar. Uchrashuvda JICAning Markaz negizida qo’shma magistratura va doktorlik (Ph.D) dasturlarini yaratishda yordam berish, shuningdek, Markazning texnik jihozlari bilan bog’liq muammolarni hal qilish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya Toshkent davlat texnika universitetining O’zbek-Yapon yoshlari innovatsion markazi laboratoriyalari faoliyati bilan tanishdilar.

Uchrashuv natijalariga ko’ra, tomonlar Markazni yuqori texnologiyali laboratoriya uskunalari bilan jihozlash bilan bog’liq muammolarni hal qilish yo’llarini izlash bo’yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish zarurligi va ushbu Markaz va ToshDTU faoliyat yo’nalishlari bo’yicha Yaponiya universitetlarining yetakchi professorlari tomonidan muntazam ravishda ma’ruza va seminarlarni tashkil etish zarurligi to’g’risida qaror qabul qildilar.
Uchrashuv do’stona va samimiy ruhda o’tdi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.