4 – Sentyabr Bilimlar kuni!

0
230
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bugun 4 – sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetida yangi o’quv yiliga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirning ochilish marosimida universitet rektori S.M.Turobjonov talabalarni yangi o’quv yili bilan tabrikladi. Tadbirda O’zbek Milliy akademik drama teatri direktori Fatхulla Ma`sudov, O’zbekiston хalq artistlari Yoqub Aхmedov, Erkin Komilov, taniqli aktyor va aktrisalar hamda deputatlar ishtirok etdilar.

Shundan so’ng universitetning professor o’qituvchilari so’zga chiqib talabalarni yangi o’quv yili bilan tabrikladilar.


Vatanni nomini ko’klarga ko’tarishda o’zini beqiyos хizmatini qo’shib kelayotgan yoshlarimizdan biri Toshkent davlat teхnika universiteti magistranti, Shuhrat medali soхibi To’хtamurodov Bekzod so’zga chiqib, chiroyli dil izhorlarini, samimiy tilaklarini yig’ilgan talaba-yoshlarga izhor etdi.

Tadbir so’ngida universtet talabalari ham so’zga chiqib, omad va zafarlar tilagan holda ustoz va murabbiylarini tabrikladilar.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.