Toshkent davlat texnika universitetiga Yaponiyaning Yokohama milliy universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi

0
163
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbek-Yapon Yoshlar Innovatsiya Markazining kichik anjumanlar zalida joriy yilning 9 avgust kuni Toshkent davlat texnika universiteti rahbariyati va Yaponiyaning Yokohama milliy universiteti vitse-prezidenti, professor Fumixiko Nakamura boshchiligidagi delegatsiyasi o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda Yokohama Milliy Universitetining sobiq vitse-prezidenti, professor Yamada Xitoshi va universitetning xalqaro bo’lim ma’muriyati xodimi Yu Arima xonim ham ishtirok etdilar.

Delegatsiyani Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor, professor U.V. Mannanov vaO’zbek-Yapon Yoshlar Innovatsiya Markazining direktori E.B.Xaltursunov qabul qilishdi.

Ikkala tomon universitetlar faoliyati to’g’risida qisqacha ma’lumotlar bilan almashdilar. Uchrashuvda Yokogama milliy universiteti professorlarining ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar va master-klasslar o’tkazilishi uchun tashrif tashkil qilishda va universitetlar o’rtasidagi hamkorlik masalalari bo’yicha muhokamalar qilindi.

Delegatsiya Toshkent davlat texnika universitetining O’zbek-yapon yoshlari innovatsion markazining laboratoriyalari, shuningdek, JICA Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi vakili tomonidan tayinlangan, Yokohama universiteti bitiruvchisi Yukinori Yanagida bilan tanishtirildi. Uchrashuv yakuniga ko’ra, tomonlar birinchi bosqichda universitetlar o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolashga qaror qilishdi.
Uchrashuvlar do’stona va samimiy ruhda o’tdi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.