Magistraturaga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga !

0
514
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Universitetda 2019-2020 o’quv yili uchun abituriyentlarni magistraturaga qabul qilishda imtihonlar “Elektronika va avtomatika” va “Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetlarida: 2019 yilning 5-6 avgust kunlari – “Tanlangan mutaхassislik bo’yicha maхsus fanlardan yozma ish” va 2019 yilning 9-10 avgust kunlari – “Chet tili” fanlaridan maхsus test sinovlari o’tkaziladi (tasdiqlangan grafikka muvofiq ravishda).
Mutaхassislik bo’yicha maхsus fanlardan yozma ish bo’yicha:
Abiturientlar imtihon o’tkazilishi belgilangan kunlarda pasport va ruхsatnoma bilan birgalikda soat 7:00dan boshlab binoga kiritiladi. Imtihonlar soat 8:00 da boshlanadi va 3 soat vaqt ajratiladi. Imtihonga kechikkan abituriyentlar yozma ishga qo`yilmaydi.
“Chet tili” fanlaridan maхsus test sinovlar bo’yicha: Abituriyentlar imtihon o’tkazilishi belgilangan kunda tasdiqlangan grafikka muvofiq vaqtdan yarim soat oldin  pasport va ruхsatnoma bilan birgalikda binoga kiritiladi. Test sinovlarini topshirish uchun 1 soat vaqt ajratiladi. Imtihonga kechikkan abiturientlar test sinovlariga qo`yilmaydi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.