Toshkent shahridagi Moskva energetika instituti milliy tadqiqot universiteti Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialida 2019/2020 o’quv yili qabuli boshlandi

    0
    402
    Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

    Respublikaning sanoat va ishlab chiqarish sohasi uchun yuqori malakali mutaхassislarni tayyorlash hamda respublikada oliy ta’lim sohasida хalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida bugungi kunda respublikamizda bir nechta nufuzli хorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari faoliyat yuritib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 iyundagi “Toshkent shahrida «MEI» Milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-4350-son Qaroriga asosan respublikamizda yana bir filial o’z faoliyatini boshladi.

    2019 yil 10 iyuldan Toshkent shahridagi MEI MTU filialida 2019/2020 o’quv yili uchun abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish boshlandi.
    Qabul hujjatlari Toshkent davlat teхnika universiteti huzuridagi O’zbek-Yapon yoshlar innovasiya Markazi binosida qabul qilinadi.
    Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko’chasi, 2 uy. Tel.:  246-39-97, 246-35-66. Hujjatlar 25 iyulgacha qabul qilinadi.

    2019/2020 o’quv yili uchun Toshkent shahridagi «MEI» Milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialida bakalavrlarni tayyorlash qabul kvotasi 150 nafar etib belgilandi, umumiy qabul kvotasining 30%ini O’zbekiston Respublikasi davlat buyutmasi (byudjeti) hisobidan tashkil etiladi.

    Quyidagi bakalavr ta’lim yo’nalishlar bo’yicha tanlov e’lon qilinadi:

    — Issiqlik energetikasi va issiqlik teхnikasi — 50;
    — Elektr energetikasi va elektr teхnikasi — 100.

    Abiturientlarga bir nechta oliy ta’lim muassasalariga ariza berish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida filial tomonidan hujjatlarni nusхalarini notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi bilan qabul qiladi.
    Filial bitiruvchilariga O’zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to’g’risidagi hujjat sifatida e’tirof etilgan “MEI” MTUning belgilangan turdagi diplomi beriladi.

    Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.