Toshkent shahrida «Moskva energetika instituti (MEI)» Milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etilmoqda

0
250
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 iyundagi “Toshkent shahrida «MEI» Milliy tadqiqot universiteti» Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filialini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PQ-4350-son Qarori qabul qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining xatiga asosan 25-27 iyun kunlari Toshkent shahriga «MEI» Milliy tadqiqot universiteti tomonidan delegatsiyasining (prorektorlar – V.N. Zamolodchikov, А.E. Tarasov va Ye.N. Leyman, «MEI» Milliy tadqiqot universitetining Dushanbe shahridagi filiali direktori S.А. Аbdukerimov, dekan – А.V. Аnkin) tashrifi boʼlib oʼtdi. 2019 yil 25 iyun kuni Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri I.Madjidov tomonidan hamda Energetika vazirligida delegatsiya aʼzolari qabul qilindi. Tashrif davomida delegatsiya tomonidan Rossiya Federatsiyasining Oʼzbekistondagi filiallarining (Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti filiali, «Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali) faoliyatlari bilan tanishdilar.

«MEI» Milliy tadqiqot universitetining Toshkent shahridagi filialiga rejalashtirilgan binosining joylashuvi va qurilish ishlari “Oʼzbekgidroenergo” АJ vakillari va quruvchi tashkilot vakillari bilan muhokama qilindi, «MEI» Milliy tadqiqot universitetining talablari ishlab chiqish boʼyicha kelishib olindi.
27 iyun kuni delegatsiyaning Toshkent davlat texnika universitetiga tashrifi boʼlib oʼtdi. Tashrif davomida qabul jarayonini tashkil etish, kvotalarni belgilash, birinchi yil “MEI” MTU va ToshDTU hamkorligida tashkil etilgan 2 ta taʼlim yoʼnalishlarining (13.03.01 – “Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi”, 13.03.02 – “Elektr energetikasi va elektrotexnika”) qoʼshma taʼlim dasturlari asosida oʼqishni tashkil etish belgilab olindi. Аbiturientlarni hujjatlarini qabul qilish joylari bilan tanishdilar.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.