Belorussiyalik mehmonlar tashrifi

    0
    216
    Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

    2019 yil 18 iyunida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga Belorus milliy texnika universiteti “Politexnik” texnopark Bosh direktorining o‘rinbosari – ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Igor Ivanovich Goncharyonok hamda mexaniko-texnologiya fakulteti dekani Igor Arkadevich Ivanovlar tashrif buyurdilar.

    Dastlab mehmonlar abiturientlar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan tanishib, qabul haqidagi ma’lumotlar bilan fikr almashdilar.

    So‘ngra universitet rektori professor S.Turabdjanov mehmonlarni qabul qildi. Bunda Belorus Milliy universiteti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash, dastlabki 2019/2020-o‘quv yilida 1) Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash, 2) Avtomobilsozlik, 3) Mashinasozlik texnologiyasi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 20 nafardan jami 60 nafar abiturientlar o‘qishga qabul qilinishi, qabul qilish shartlari to‘g‘risida kelishib olindi.

    Universitetlararo tashkil etilayotgan “Texnopark” bo‘yicha ToshDTU ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori M.Qurbonov ma’lumot berdi.
    Bundan tashqari “Do‘stlik” talabalar qurilish otryadining ish rejalari haqida ham o‘zaro fikr almashdilar.

    Uchrashuvda ToshDTU tomondan rektor S.Turabdjanov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor O.Zaripov, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor U.Mannanov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor M.Qurbonov, 2019/2020-o‘quv yili uchun qabul komissiyasining mas’ul kotibi-Mashinasozlik fakulteti dekani J. Safarov, Xorijiy OTMlar bilan qo‘shma fakultet dekani D.Eshmuradovlar ishtirok etdilar.Uchrashuvda rejalashtirilgan barcha mavzular bo‘yicha muhokama qilib, tegishli qaror qabul qilindi.

    Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.