Toshkent davlat teхnika universiteti va Kuzbass davlat teхnika universiteti hamkorligi

0
145
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Ma’lumki, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti va T.F.Gorbachev nomidagi Kuzbass davlat teхnika universiteti hamkorligida Konchilik ishi va Marksheyderlik ishi yo’nalishlari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturi tashkil etilgan edi.
Ana shu hamkorlik doirasida shu yilning 20 – 27 may kunlari KuzDTU “Oliy matematika” kafedrasi mudiri Nikolaeva Evgeniya Aleksandrovna hamda “Fizika” kafedrasi mudiri Kim Tatyana Leonidovnalar TDTUga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida rossiyalik pedagoglar qo’shma dastur asosida ta’lim olayotgan talabalarga ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari o’tkazdilar. Mashg’ulotlar jarayonida TDTU talabalari uchun oliy matematika va fizika fanlaridan tayyorlangan onlayn mashq dasturlarini ham namoyish etdilar.
Shuningdek, turdosh kafedralar professor-o’qituvchilari bilan uchrashib, ilmiy-pedagogik faoliyat borasida bajariladigan vazifalar kelishib olindi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.