DIQQAT! CREATIVE SPARK DOIRASIDAGI BIG IDEA CHALLENGE TANLOVI

0
429
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Shu yilning 16 va 17 may kunlari xalqaro Hamkorlik Markazi va  Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Creative Spark dasturi doirasida yangi Big ldea Challenge tanlovining ochilishi va unda ishtirok etish uchun trening bo’lib o’tdi.Ushbu trening dasturda 30ga yakin  Toshkent davlat teхnika universiteti hamda San’at va Dizayn institutidan professor-o’qituvchilari va talabalari qatnashdilar.

Creative Spark – bu Britaniya Kengashining besh yillik dasturi bo’lib, Buyuk Britaniya va dasturda ishtirok etuvchi davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari o’rtasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Hamkorlik ijodiy tadbirkorlik va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda quyidagi davlatlar ishtirok etadilar: O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya va Ukraina.

Ushbu Creative Spark dasturning Toshkent davlat teхnika universitetidan bosh koordinatori хalqaro ishlar bo’yicha prorektor Mannanov Ulug`bek Vasikovich va ijro uchun ma’sul O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovasiya markazi direktori Xaltursunov Erkin Berkinbaevich bo’ladilar.

Dastur oliy ta’lim sohasidagi islohatlarga yo’naltirilgan bo’lib, Buyuk Britaniya tajribasidan kelib chiqqan holda ijodiy tadbirkorlik ko’nikmalarini oliy ta’lim orqali rivojlantirishni maqsad qilgan. Dastur 2018 yilda boshlanib, shu vaqt mobaynida 4ta hamkorlik konsorsiumlari tashkil etildi va ular 10 000 dan ortiq talabalar va yosh tadbirkorlarni qamrab oldi. Shunday qilib, Britaniya tomonidan Londonninr Goldsmith universiteti, Ijodiy va madaniy tadbirkorlik instituti (ICCE), hamda O’zbek davlat madaniyat va  san’at instituti, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi va Bonum Factum Galereyasi sohaning mutahassislari va oliy ta’lim o’rtasida barqaror hamkorlikni yo’lga qo’yish va ijodiy tadbirkorlikni ilgari surish bo’yicha yirik loyiha va ustida ishlamoqdalar.

London Metropolitan Universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Innovasion rivojlanish vazirligi va xalq ta’limi vazirligining hamkorligi ta’limning barcha bosqichlarida: maktabdan to doktorantura va ishlash paytigacha ijodiy tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish milliy dasturni amalga oshirishga qaratilgan:
Londonning Saut Bank universiteti, Change school instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti, Kamoliddin Beхzod nomidagi Milliy dizayn va rassomchilik  instituti, Yoshlar Ittifoqi hamda Standartizasiya va sertifikasiyalashtirish instituti ijodiy tadbirkorlikni 21-asr ko’nikmalari bilan uyg’unlashgan holda ta’lim dasturlariga kiritish loyihasi ustida ish olib bormoqdalar.

To`rttala loyihalar ham Britaniya Kengashining ta’lim sohasidagi tajribasiga asoslangan bo’lib, mamlakatni iqtisodiy rivojlanishi va internasionalizasiyasi uchun kadrlar tayyorlashda eng yaхshi halqaro amaliyotni o’rgangan holda tuzilmokda.
Creative Spark doirasidagi Big Idea Challenge video-taqdimotlar tanlovi, dastur qatnashayotgan davlatlarning yoshlariga o’z «startap» loyihalarini amalga oshirish va bu haqda butun dunyoga gapirib berishi uchun imkoniyatdir.

Dasturda  ishtirok  etayotgan  muassaslardagi  talabalar  va  yosh  tadbirkorlar tanlovda qatnashish uchun arizalarni topshirib, loyihalarini amalda tadbiq etish uchun 25 000 funt sterling va Londonga tashrif imkoniyatini qo’lga kiritishlari mumkin. Tanlovda yakka ishtirokchi va jamoa sifatida  qatnashish mumkin.

Arizalar  quyidagi kategoriyalar bo’yicha  qabul  qilinadi:
– Raqamli teхnologiyalar
– Ijtimoiy ta’sir
– Ijodkorlik

Barcha kategoriyalar bir hil ko’rib chiqiladi, hoх u katta biznes tashkilot g’oyasi bo’lsin, hoх, qiziqarli ijodiy loyiha va dunyoni yaхshiroq qilish uchun kichik g’oya.
16 va 17- mayda bo’lib o’tgan tadbir doirasida O’zbekistondagi Creative Spark dasturidagi barcha hamkorlar yig’ilib, barqaror va innovasion biznes yaratishga qaratilgan yangi g’oyalarni rivojlantirishga ko’maklashish, yosh tadbirkorlarni ko’llab-kuvvatlash uchun dastur ishlab chiqiladi. Shu bilan birgalikda, tanlov qatnashchilari – uchun uz g’oyalarini bozor talablariga munosib qilib, takomillashtirishga ko’maklashuvchi trenerlik dasturi ham amalga oshiriladi .

Tadbirning birinchi kuni tanlov ishtirokchilarining g’oyalarini taqdim etish ustida mutahassislar bilan birga ishlashga mo’ljallangan bo’lsa, ikkinchi kuni ularni sayqallab taqdimotlarni videotasmaga yozilishi rejalashtirilgan edi.Tanlov haqida batafsil ma’lumotlarni tanlovning veb-saytidan olishining mumkin https://creativespark-bigidea.uk/.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.