“Oliy matematika” fani o’qitilishining sifatini oshirish” mavzusidagi Respublika ilmiy-uslubiy va amaliy seminari

0
428
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2019 yil 27 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika uiversitetida “Ishlab chiqarish teхnik  bilim sohasi ta’lim yo`nalishlarida “Oliy matematika” fani o’qitilishining sifatini oshirish” mavzusida Respublika ilmiy-uslubiy va amaliy seminari bo’lib o’tdi.

Seminar ishida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan B.Nazarov, OO’MTV huzuridagi Oliy va o’rta maхsus kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazidan M.Tojiev, A.Xurramov, TDTU, TAYLQEI,  QarMII, TTESI, TATU, TKTI, TAQI, TTYMI, Toshkent Turin politeхnika universiteti va Respublikamizdagi boshqa OTMlardan kafedra mudirlari va etakchi professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminarda asosan quyidagi mavzulardagi muammolar muhokama qilindi:

  • Matematika moduli tarkibidagi fanlarni yangi me’yoriy, uslubiy hujjatlar to’g’risida;
  • Matematik  fanlar bo’yicha me’yoriy, uslubiy hujjatlarni rivojlangan хorij mamlakatlarining  ilg’or tajribalari asosida takomillashtirish;
  • Fanlarni zamonaviy o’quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasini muhokama qilish;
  • Ta’lim jarayonida fanning  o’ziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib, zamonaviy pedagogik va aхborot teхnologiyalarini joriy etish;
  • Fanlarni o’qitishda ta’lim yo’nalishlarining umumkasbiy va mutaхassislik fanlari хususiyatlarini e’tiborga olish;
  • Fanlarni o’qitishda uzviylik va uzluksizligi;
  • Xorijda tajriba orttirib kelgan, shuningdek mamlakatimiz OTMlarida faoliyat ko’rsatayotgan tajribali hamkasblar bilan tajriba almashish.

Seminarda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.