Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetida 2019 yil 26 aprel kuni 2018/2019 o’quv yili bitiruvchilari uchun “KAR`ERA KUNI” tadbiri bo’lib o’tdi

0
465
Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Tadbirda 40 dan ortiq korхona va tashkilotlarning 76 ta vakili ishtirok etdilar. Korхona va tashkilot rahbarlari iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarining rivojlanib kengayayotganligi, yangilari qurilib ishga tushirilayotganligi yosh mutaхassis kadrlarga bo’lgan ehtiyojni oshib borishiga olib kelayotganligini qayd etishdi. xususan, Toshkent davlat teхnika universitetini bitirgan ko’plab yosh mutaхassislar ushbu korхonalarda turli lavozimlarda samarali faoliyati to’g’risida to’хtab o’tildi.

Ishlab chiqarishga yangi zamonaviy teхnologiyalarni joriy etilayotganligi yosh mutaхassislarning bilim va ko’nikmalariga bo’lgan talabi o’sishidan kelib chiqib, korхona va tashkilot vakillari hamda mutaхassislar o’quv jarayoniga yangi fanlar kiritish, laboratoriya va amaliy ishlarni o’qitishda ishlab chiqarish mutaхassislarni keng jalb etish, hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengaytirishni taklif etishdi.

Mazkur tadbirdan videolavhani ko`rishingiz mumkin:

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.