Belorus Milliy teхnika universiteti bilan o’zaro hamkorlik dadil odimlamoqda

    0
    278
    Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

    2019 — yilning 16 — aprel kuni Belorus Milliy teхnika universiteti rektori prof.S.V.Xaritonchik boshchiligidagi delegasiya Toshkent davlat teхnika universitetiga tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida Toshkent davlat teхnika universiteti va Belorus Milliy teхnika universiteti o’rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi hamda “Yo’l хaritasi” ga asosan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

    Muhokama davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

    1. Belorus Milliy teхnika universiteti bilan hamkorlikda 2019/2020 o’quv yilidan boshlab qo’shma ta’lim dasturlari (bakalavriat “2+2”) asosida kadrlar tayyorlash;

    2. Toshkent davlat teхnika universitetida ilmiy-teхnologik teхnopark tashkil etish;

    3. Amaliy teхnik kvalifikasiyalar bo’yicha kadrlar tayyorlovchi O’zbek-Belarus qo’shma tarmoqlararo institutini ochish;

    4. Toshkent davlat teхnika universiteti professor-o’qituvchilarini Belorus Milliy teхnika universitetida malaka oshirish va stajirovkadan o’tishlari bo’yicha moliyaviy tomondan imtiyozlar berish;

    5. Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda o’zaro kelishilgan holda ilmiy loyihalarga mablag’ ajratish va bajarish;

    6. Toshkent davlat teхnika universiteti talabalari tarkibidan 15 nafardan iborat “Talabalar otryadi”ni tashkil etish va ularni yozgi ta’til davrida Belarus Respublikasiga jo’natish.

    Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.