“GIYOHVANDLIK ASR VABOSI, UNDAN YOSHLARIMIZNI ASRAYLIK” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

    0
    476
    Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

    2019 yil 9 aprel  kuni soat 11:00 da “O’zbekiston-Yaponiya yoshlar  innovatsion markazi”da O’zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi, Oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika Kengashi tomonidan  hamkorlikda  2019 yil 25 mart kuni tasdiqlangan “Yo’l хaritasi”ning 2-bandi ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan manzilli profilaktik tadbirlar o’tkazish belgilangan. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi bilan hamkorlikda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti talaba-yoshlari o’rtasida“GIYOHVANDLIK ASR VABOSI, UNDAN YOSHLARIMIZNI ASRAYLIK” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

    Mazkur davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi eksperti  B.G.Ro`zmurodov,  Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha prorektor v.v.b.  M.Atamuratov,  Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchilari, “Valeologiya” fani o’qituvchilari, dekan muovinlari, professor-o’qituvchilar va 180 nafar talaba-yoshlar hamda OAV хodimlari ishtirok etdilar.

    Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.